Listen to Ulugimsan Vatanim song with lyrics from Sevara Nazarkhan

Ulugimsan Vatanim

Sevara Nazarkhan12 Dec 2024

Ulugimsan Vatanim Lyrics

Lyrics a.r_elia

Men dunyoni nima qildim

O‘zing yorug‘ jahonim

O‘zimga bek

O‘zim Sulton

Sen taxti Sulaymonim

Yolg‘izim

Yagonam deymi

Topingan koshonam deymi

O‘zing mening ulug‘lardan

Ulug‘imsan

Sen Xo‘jandsan

Chingizlarga

Darbozasin ochmagan

Temur Malik orqasidan

Sirdaryoga sakragan

Muqannasan, qorachig‘i

Olovlarga sachragan

Shiroqlarni ko‘rgan cho‘pon

Cho‘lig‘imsan Vatanim

Shodon kunim gul otgan sen

Nolon kunim yupatgan sen

Yuzing bosib yuzimga

Singlim deyimi

Onammi

Ilig‘imsan Vatanim o‘zingsan

Sen shoxlari osmonlarga

Tegib turgan chinorim o‘zing san

Ota desam

Qizim deb

Bosh egib turgan o‘zing

Ulug‘imsan Vatanim

Kim Qashqarni qildi makon

Kim Enasoy tomonda

Jaloliddin Kurdistonda

Boburing Hindistonda

Bu qanday yuz qarolik deb

Yotarlar zimistonda

Tarqab ketgan to‘qson olti

Urug‘imsan Vatanim

Qizim desang osmonlarga

G‘irot bo‘lib uchgayman

Chambil yurtda Alpomishga

Qayliq bo‘lib tushgayman

Padarkushdan pana qilib

Ulug‘beking quchgayman

G‘ichir g‘ichir tishimdagi

So‘lig‘imsan Vatanim

Shodon kunim gul otgan sen

Nolon kunim yupatgan sen

Yuzing bosib yuzimga

Singlim deymi

Onammi

Ilig‘imsan Vatanim o‘zingsan

Sen shoxlari osmonlarga

Tegib turgan chinorim o‘zingsan

Ota desam

Qizim deb

Bosh egib turgan o‘zing

Ulug‘imsan Vatanim

Shodon kunim gul otgan sen

Nolon kunim yupatgan sen

Yuzing bosib yuzimga

Singlim deymi

Onammi

Oppog’imsan Vatanim o‘zingsan

Sen shoxlari osmonlarga

Tegib turgan chinorim o‘zingsan

Ota desam

Qizim deb

Bosh egib turgan o‘zing

Ulug‘imsan Vatanim

Hey heyyyy

Ulug‘imsan

 

Lyrics a.r_elia

Popular Songs