Listen to Shoshilma Qizgina song with lyrics from Gulsanam Mamazoitova

Shoshilma Qizgina

Gulsanam Mamazoitova20 Mar 2020

Shoshilma Qizgina Lyrics

Shoshilma qizgina - Gulsanam Mamazoitova

Lyrics by:Gulsanam Mamazoitova

Composed by:Gulsanam Mamazoitova

 

Toʻlmasdan oʻn olti yoshingga

Qalamlar tortildi qoshingga

Savdolar orttirma boshingga

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Toʻlmasdan oʻn olti yoshingga

Qalamlar tortildi qoshingga

Savdolar orttirma boshingga

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Noziksan qizgʻaldoq loladan

Soʻragin mehribon onadan

Farqing yoʻq hali yosh boladan

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Noziksan qizgʻaldoq loladan

Soʻragin mehribon onadan

Farqing yoʻq hali yosh boladan

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Ishq emas sen bilgan oʻyinchoq

Qoʻlingda kelinmas qoʻgʻirchoq

Hozircha top boshqa ovunchoq

Shoshilma qizgina shoshilma

Ishq emas sen bilgan oʻyinchoq

Qoʻlingda kelinmas qoʻgʻirchoq

Hozircha top boshqa ovunchoq

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Boʻyalmish top toza yuzlaring

Ranglardan koʻkarmish koʻzlaring

Noz ila boʻyalmish soʻzlaring

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Boʻyalmish top toza yuzlaring

Ranglardan koʻkarmish koʻzlaring

Noz ila boʻyalmish soʻzlaring

Shoshilma qizgina shoshilma

Ajinlar tushganda yuzingga

Dunyo tor kelganda koʻzingga

Boʻyoqlar toparsan oʻzingga

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Ajinlar tushganda yuzingga

Dunyo tor kelganda koʻzingga

Boʻyoqlar toparsan oʻzingga

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Bir kuni boʻylashib boʻyingga

Sovchilar keladi uyingga

Koʻplashib boramiz toʻyingga

Shoshilma qizgina shoshilma

 

Bir kuni boʻylashib boʻyingga

Sovchilar keladi uyingga

Koʻplashib boramiz toʻyingga

 

Shoshilma qizgina shoshilma